21/08/2023

Joriy yilning 18- avgust kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy xujjatlar yetkazildi:

📌 Siyosiy-ma’rifiy soati”,
📌2023- yil 9- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropolitenining yer usti yo‘li bekatlariga nom berish to‘g‘risida”gi 349-son qarori qabul qilindi.
📌2023- yil 9- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuning 3-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqidagi O‘QR-862-son Qonuni qarori qabul qilindi.
📌2023-yil 9-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo֯shimchalar kiritish haqidagi O‘QR-861-son Qonuni qarori qabul qilindi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.