21/08/2023

2023- yilning 18-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

1-7b5a7631

Unda Agentlik direktori o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich boshchiligida Agentlik markaziy apparati boshqarma boshliqlari hamda Jahon banki ishchi guruhi a’zolari – Uilyam Seitz, Sevilya Muradova va boshqa ekspertlar qatnashdi.

2

Missiyaning maqsadi “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishdagi keyingi qadamlarni, harakat rejasini, shuningdek, loyiha doirasida ma'lumotlar bo‘yicha so‘rovlarni muhokama qilishdan iborat.

3-7b5a7637

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” tasdiqlangan edi.

4-7b5a7645

Yig‘ilishda ishchi guruh a'zolari loyihaning borishi, joriy vazifalari va kelgusidagi tadbirlar rejasi bilan tanishtirdi. Loyihaning tarkibiy qismlari, xususan, institutsional islohotlar va salohiyatni rivojlantirish, ma’lumotlarni tayyorlash, texnik imkoniyatlarni takomillashtirish, shuningdek, loyihani boshqarish masalalari ko’rib chiqildi.

5

Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.