2023-yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida 6,0 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 3,9 trln. soʻmni va jami oʻzlashtirilgan investitsiyalarning ulushi 65,4 % ini tashkil etdi.
Mashina, asbob, uskuna va xoʻjalik inventarlarini sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 1,3 trln. soʻmni (jami investitsiyalardagi ulushi 20,9 %) hamda boshqa xarajatlar 0,8 trln. soʻmni (13,7 %) tashkil etdi.