15/08/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 22- avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-sonli qarorida bu boradagi dolzarb vazifalar belgilangan bo‘lib davlat siyosatining hozirgi bosqichdagi dolzarb yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj yildan yilga ortib bormoqda. Bu esa energiya sarfini kamaytirish, undan foydalanishda tejamkor usullarni joriy etishda taqozo etayotir. Bu esa elektr tarmoqlaridagi zo‘riqishlarni bartaraf etib, aholi va xalq xo‘jaligi hamda iqtisodiyot tarmoqlarini yetarli darajada elektr energiyasi bilan taʼminlash imkonini beradi

Quyosh panellarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u ikki tomonlama quvvatlanuvchi Monokristal panel bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushmagan holatda va bulutli kunda ham yorug‘likni o‘zida ishlay oladi.
Bunga misol qilib, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida ham bu borada alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan boshqarmaning tom qismiga 30 kv metr bo'lgan,10 kilovattlik quyosh panellari o'rnatilgan.