14/08/2023

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 49,4 ming tonna uzum yetishtirildi. Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,7 % ni tashkil etdi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, yetishtirilgan uzum umumiy hajmining 50,7 %i fermer xoʻjaliklariga, 48,4 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga, 0,9 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelgan.

2017-10-31-10-52-04