04/08/2023

Joriy yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlarining Belarus Respublikasining Minsk shahrida Aholini ro‘yxatga olish uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha Belarus Respublikasi tajribasini o‘rganish maqsadida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamda Belarus Statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuv natijalari bo‘yicha taqdimoti o‘tkazildi.

1-7b5a7226

Taqdimotda ushbu amaliy uchrashuvda ishtirok etgan Aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sardor Guseynov hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborotlashtirish interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Zufar Toymasovlarning olgan bilim va ko‘nikmalari hamda yakuniy xulosalari agentlik xodimlariga yetkazildi.

2-7b5a7229

3-7b5a7217

Ma’ruzachilar ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishda elektron kartografik ma’lumotlardan foydalanish, hududni ro‘yxatga olish va hisob uchastkalariga bo‘lishda Arcgis-dan foydalanishning murakkabligi va qulayligi, shu jumladan onlayn ro‘yxatga oluvchilarni monitoring qilish masalalari haqida ma’lumotlar berishdi.

4-7b5a7253

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berib o‘tildi.

5-7b5a7231