2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, kichik tadbirkorlik (biznes)ning respublika YAIMidagi ulushi 48,6 %ni tashkil etdi. Hududlarda kichik biznesning eng katta ulushi Surxondaryo (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 75,0 % ini tashkil etgan), Buxoro (71,3 %), Namangan (69,7 %) va Jizzax viloyatlarida (69,4 %) kuzatildi. Kichik tadbirkorlik (biznes)ning eng kam ulushi Navoiy (24,6 %) va Toshkent (47,7 %) viloyatlarida qayd etildi.