01/08/2023

Joriy yilning 24-26-iyul kunlari Belorus Respublikasining Minsk shahrida Aholini ro‘yxatga olish uchastkalarini tashkil etish bo‘yicha Belorus Respublikasi tajribasini o‘rganish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamda Belorus Statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda amaliy uchrashuvlar tashkil etildi.

1kjlljkkjlll3lklkld

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Aholini roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi Sardar Guseynov hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va axborotlashtirish interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Zufar Toymasov va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakillari ishtirok etishdi.

2_jhfjhfjfhjhfhjfhjhjghj

3_gjkgh6jkg5kg6jk6ghjk

Ushbu yig'ilishda Belarus Milliy statistika qo'mitasi mutaxassislari aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rishda elektron kartografik ma'lumotlardan foydalanish, aholini ro'yxatga olish hududlarini tashkil etish, shuningdek, hududni ro'yxatga olish va ro'yxatga olish hududlariga bo'lish uchun GIS texnologiyalaridan foydalanish, shu jumladan, Geografik ma'lumotlar bazalarini yaratish uchun modullar bo'yicha amaliy tavsiyalar berib o‘tishdi.

4_hjghjhljflghjghljj5