Joriy yilning 26- iyul kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida Viloyat statistika boshqarmasi hamda Boshqarmaning shahar va tuman statistika bo'limi boshliqlariga “Korrupsiya mamlakat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi illat” mavzusida seminar o'tkazildi.
Tadbirda statistika tizimidagi faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida bir nechta savollar tushdi. Savollarga maʼruzachilar keng va hayotiy misollar bilan tushuntirib javob berdi.