24/07/2023

2023-yilning 21-iyul kuni Statistika agentligida “Aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarini tarqatish” bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

1-7b5a6989

Ushbu taqdimotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Roʻyxatga olishni tashkil etish va ma’lumotlarni qayta ishlash  bo’limi  boshlig’i o’rinbosari Olimjon Sidiqov safar davomida olgan bilim va tajribalari yuzasidan ma’lumot berib o’tdi.

2-7b5a6974

Taqdimotchi joriy yilning 10-13- iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) “Sifatli ma’lumotlar – samarali siyosat” (CISPop) mintaqaviy dasturi doirasida MDH-STAT, AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosi va UNFPA bilan birgalikda bo‘lib o‘tgan “Aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarini tarqatish” mavzusidagi  seminar natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

3-7b5a6993

 Shuningdek,  taqdimotda aholini milliy ro‘yxatga olish natijalarini tarqatish shakllari va usullari, anonimlashtirilgan mikroma'lumotlar bazasining foydalanuvchilar uchun ochiqligi, aholini ro'yxatga olish ma'lumotlarini tarqatishda geofazoviy texnologiyalardan foydalanish masalalari yusasidan fikr-mulozalar bildirildi.

4-7b5a6964

Taqdimot yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

5-7b5a7016