Bayram statistikasi: Surxondaryoda ayollar soni 1486,6 ming nafarni tashkil etadi.
Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2026-yilning 1 yanvar holatiga Surxondaryoda ayollar soni 1 486 561 nafarni tashkil etgan.
Ayollar doimiy aholining 49,4 foizini tashkil etgan.
Hududlar kesimida ayollar soni quyidagicha:
Denov tumani - 215 156 ta
Qumqo'rg'on tumani - 134 271 ta
Jarqo'rg'on tumani - 120 739 ta
Sho'rchi tumani - 122 417 ta
Sariosiyo tumani - 119 024 ta
Sherobod tumani - 111 081 ta
Termiz shahri - 104 235 ta
Oltinsoy tumani - 103 786 ta
Uzun tumani - 100 633 ta
Muzrabot tumani - 79 585 ta
Angor tumani - 75 258 ta
Boysun tumani - 66 367 ta
Qiziriq tumani - 65 696 ta
Termiz tumani - 45 274 ta
Bandixon tumani - 44 473 ta
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha ayollar va qizlarni samimiy muborakbod etamiz. Ushbu nafis bayram sohibalariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, ezgu orzu-maqsadlarining ro‘yobini va barcha ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.




