2025-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, viloyatda 3073 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.
Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 814 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 26,5 % i) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 716 tasi (23,3 %) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 278 tasi (9,0 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga, 220 tasi (7,2 %) kiyim ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.