Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Delegatsiya ikki hafta davomida Oʼzbekistonning turli hududlari, jumladan, Toshkent, Termiz, Samarqand, Buxoro, Xiva va Qoʼqon shaharlari boʼylab sayohat qiladi.

Mehmonlar tashrifning ikkinchi kuni Termiz shahrida boʼlishdi. Ularga Surxondaryo viloyatining sayyohlik salohiyati, ziyoratgohlari va tarixiy obidalari bilan tanishtirishga doir barcha qulay sharoitlar yaratildi.

Maʼlumot uchun, OAV vakillarining tashrifi mobaynida Indoneziya milliy televideniesining bir necha kanallarida “Oʼzbekistonda ramazon” teledasturi yaratilib, unda Ramazon oyida saharlik va iftorlik vaqtlarida indoneziyalik tomoshabinlar uchun Oʼzbekistonning muqaddas ziyoratgohlari va buyuk ulamolari haqida maʼlumot beruvchi materiallar uzatib boriladi.

 

Unda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʼlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh, viloyat hokimi Toʼra Bobolov, viloyat, shahar va tumanlar sektorlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʼilishda sektor rahbarlari tomonidan viloyatdagi kriminogen vaziyati ogʼir hududlarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar, sodir etilishi mumkin boʼlgan jinoyatlarning oldini olishda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikning yaxshi yoʼlga qoʼyilmagani tanqidiy tahlil qilindi.

Jinoyatchilik sodir etilishi boʼyicha “qizil” va “sariq” hududga kiritilgan mahallalarni “yashil” hududga aylantirish, buning uchun sektor rahbarlaridan tortib profilaktika inspektorlari va mahalla raislarigacha ish uslubini oʼzgartirishlari, “xavfsiz xonadon”, “xavfsiz mahalla”, “fuqarobay” ishlash tizimiga oʼtishlari lozimligi taʼkidlandi.

Oʼrganishlar natijasida tuman IIBlarda faoliyat yuritib kelgan masʼul xodimlarning ayrimlariga sustkashlikka yoʼl qoʼygani uchun tegishli choralar koʼrilgani vazir tomonidan alohida sanab oʼtildi. Shuningdek, aholi tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlashda oʼz xizmat vazifasiga halol yondashib, faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan bir guruh xodimlarga Ichki ishlar vaziri buyrugʼi asosida muddatidan oldin maxsus unvonlar berildi, turli darajadagi ragʼbatlantirishlar bilan mukofotlandi.

Yigʼilish yakunida IIV vaziri hamda viloyat hokimi tomonidan notinch oilalar, profilaktik hisobda turgan, ichkilikka ruju qoʼygan, ruhiy kasallar roʼyxatida turgan shaxslar bilan alohida shugʼullanish, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “temir daftar”dagilarni roʼyxatdan chiqarish boʼyicha yordamlar koʼrsatilishi, aholining ijtimoiy muammolarini bartaraf etish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali yoʼlga qoʼyilishida mutasaddilar va profilaktika inspektorlari masʼuliyatini oshirish boʼyicha topshiriqlar berildi.

Joriy yilning 10-11 aprelь kunlari Termiz shahrida oʼtkaziladigan kurash boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Аl Hakim at-Termiziy xotirasiga bagʼishlangan XIV xalqaro turnirga qizgʼin tayyorgarlik koʼrilmoqda.

Termiz tumanidagi “Yangier” mahallasida 75 oʼringa moʼljallangan “Samir Sulton bolajon” davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʼz faoliyatini boshladi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko boshchiligidagi ukrainalik qator sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash