Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Joriy yilning 6- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi PQ-4273-sonli “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi 625-sonli “2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida multindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlarini bajarish yuzasidan Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan MIСS kuzatuvi supervayzer hamda intervyurlar tomonidan Sherobod tumani “Do'stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida MICS kuzatuvi tashkil etildi.

Axborot xizmati

Joriy yilning 30- aprel kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati Termiz shahar Bolalar kutubxonasi xodimlari ishtirokida seminar yig‘ilish o‘tkazildi. Qarorda belgilangan chora-tadbirlar asosida “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Termiz shahar Bolalar kutubxonasi xodimlari ishtirokida seminar yig‘ilish o‘tkazildi. Aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Axborot xizmati

Joriy yilning 30- aprel kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati Termiz shahar Teri kasalliklari bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar yig‘ilish o‘tkazildi. Qarorda belgilangan chora-tadbirlar asosida “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Termiz shahar Teri kasalliklari bo‘limi xodimlari ishtirokida seminar yig‘ilish o‘tkazildi. Aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Axborot xizmati

Joriy yilning 5- may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi PQ-4273-sonli “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi 625-sonli “2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida multindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlarini bajarish yuzasidan Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan MIСS kuzatuvi supervayzer hamda intervyurlar tomonidan Sherobod tumani “Do'stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida MICS kuzatuvi tashkil etildi.

Axborot xizmati

Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Viloyat statistika boshqarmasi tizimida «Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz» shiori ostidagi bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 5- may kuni Viloyat statistika boshqarmasida «Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz» mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan ta’kidlanganidek, bugungi kunda korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, davlatning iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qolaversa jamiyatdagi ma’naviy muhitni buzilishiga olib keladi. Korrupsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko‘zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig‘indisi ekanligi, ayni damda korrupsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarda ustuvor vazifaga aylanganligi borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir yakunida ishtirokilarga «Korrupsiya-umr zavoli» nomli videolavhalar namoyishi havola etildi hamda korrupsiya holatlarining yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadigan hozirgi kundagi mavjud muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashdilar.

Axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash