Joriy yilning 17- mart kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy xujjatlar yetkazildi:
📌 Siyosiy-ma’rifiy soati”,
📌 2023- yil 13- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-34 sonli Farmoni qabul qilindi hamda,
📌2023- yil 11- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-sonli buyrug‘i haqida boshqarma xodimlariga tushuntirishlar berib o'tildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.