17/03/2023

Surxondaryo viloyatning o‘tgan 2022 yildagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Viloyatdagi yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 34858,5 milliard so‘mni, o‘sish ko‘rsatkichi 2021 yilning mos davriga nisbatan 104 foizni (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha respublika hududlari orasida 13-o‘rin) tashkil qilgan.  

Viloyatda yaratilgan YAHMning Respublika yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3,9 foizni tashkil qilgan holda viloyatlar orasida 10-o‘rinni egallagan. YAHM tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 15,2 foiz, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 47,7 foiz va xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 37,1 foizni tashkil qilgan.

Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAHM hajmi hisobot davrida 12561,6 ming so‘mni tashkil qilgan holda (respublika hududlari orasida oxirgi o‘rin) 2021 yilning mos davriga nisbatan 101,6 foizga oshgan. 

O‘tgan yil davomida 7298,7 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 104,4 foiz (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha respublika hududlari orasida 13-o‘rin)ga oshgan. Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining respublika sanoatidagi ulushi 1,3 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, viloyat sanoati tarkibida tog‘-kon sanoatining ulushi – 2,9 foiz, ishlab chiqariladigan sanoatning ulushi – 88,5 foiz, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatining ulushi – 7 foiz, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatining ulushi – 1,6 foizni tashkil qilgan.  

Jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 2630,2 ming so‘m (respublika hududlari orasida oxirgi o‘rin)ni tashkil qilgan holda 2021 yilning mos davriga nisbatan 102 foizga oshgan.

Viloyatda 2632,0 milliard so‘mlik (2021 yilning mos davriga nisbatan 100,7 foiz) iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikadagi ulushi 1,3 foizni tashkil qilgan holda hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan.  

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat tovarlari hajmi 1250,9 milliard so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 88,2 foiz), nooziq-ovqat tovarlari hajmi 1381,1 milliard so‘m (101,2 foiz)ni tashkil qilgan.  

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, 28027,2 milliard so‘mlik qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 102,5 foizga oshgan. Respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlarida viloyatning ulushi 7,7 foizni tashkil qilgan holda hududlar orasida 7-o‘rinni egallagan.  

Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 10100,0 ming so‘mni tashkil etgan va avvalgi yilga nisbatan 100,2 foizga oshganini ko‘rish mumkin.  

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 12878,0 milliard so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 114,5 foizga oshgan. Xizmatlar hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 3,6 foizni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 8-o‘rinni egallagan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 4640,7 ming so‘mni tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,9 foizga oshgan.   

Chakana savdo hajmi 19394,6 milliard so‘m (2021 yilning mos davriga nisbatan 113,0 foiz)ni, respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 6,1 foizni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 7-o‘rinni egallagan. Jon boshiga to‘g‘ri keluvchi chakana savdo hajmi 6989,1 ming so‘mni tashkil qilgan holda, 110,4 foizga oshgan.  

Qurilish ishlari hajmi 6545,4 milliard so‘mni tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 102,0 foizga oshgan. Viloyatda qurilish ishlari hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 5,0 foizni tashkil qilgan holda, hududlar orasida 9-o‘rinni egallagan.  

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 11507,3 milliard so‘mni tashkil qilgan (2021 yilning mos davriga nisbatan 87,1 foiz) va respublikadagi ulushi 4,3 foiz (hududlar orasida 10-o‘rin)ni tashkil qilgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 4146,8 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, hududlar orasida 13-o‘rinni egallagan.  

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 372,8 million AQSH dollari (2021 yilga nisbatan 84,2 foiz)ni tashkil qilgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining respublika jamitashqi savdo aylanmasidagi ulushi 0,7 foizni tashkil etib, hududlar orasida oxirgi o‘rinni egallagan. Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksportning ulushi – 61,1 foiz, importning ulushi – 39,9 foizga teng bo‘ldi.  

O‘zA

Tugmani bosing Tinglash GSpeech