#Davlat_xizmatchilariga_eslatma
⚡️Bugun qisqartirilgan ish kuni
Mehnat kodeksi 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Ertaga 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Shu sabab bugun barcha xodimlar qonuniy tartibda belgilangan huquqidan foydalanishga haqli.