18/11/2022

Joriy yilning 17- noyabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida, boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan, tizim xodimlari ishtirokida, Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi “komplaens nazorat” tizimini tashkil etish hamda uning samaradorligini taʼminlash maqsadida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimini joriy etishning birinchi bosqichida 2020- yildan boshlab tajriba tariqasida 26 ta vazirlik va idoralarda yo‘lga qo‘yilganli, shuningdek, Prezidentimizning 2021- yil 6- iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʼrisida”gi PQ-5177-son Qaroriga muvofiq, 2021- yilning 1- oktabridan boshlab, barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilanganligi haqida ma'lumot berib o'tildi.

Yig‘ilish davomida aholining erkin va obod turmushiga soya soluvchi korrupsiya har bir fuqarodan sergak bo‘lish, bunday illatga befarq qaramaslik haqida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi bir nechta savollar tushdi. Savollarga maʼruzachilar keng va hayotiy misollar bilan tushuntirib javob berdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech