18/11/2022

 
 

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi Sirdaryo viloyatida ham keng nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan viloyat markazi Guliston shahrida ham keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Viloyat markazidagi "Yurt bayrog‘i" maydonida huquq-tartibot idoralari xodimlari, harbiylar, sport, madaniyat va san’at sohasi vakillari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.

Davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi viloyatning barcha shahar va tumanlarida ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

 

Sh.Suyarov,  

Sh. Ortiqboyev,(suratlar) O‘zA.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech