01/12/2021

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish va bu illatga har qanday holatda ham yo’l qo’ymaslik bo’yicha davra suhbati o'tkazildi.
Yig'ilganlar Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligini ta'kidlashdi. Jumladan tadbir davomida Korrupsiya demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi, hamda bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishi to’g’risida ta’kidlab o’tildi. Shundan so’ng so’z navbatini Viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i U.Alimovga berdi.


-Korrupsiya deb atalmish balo davlatchilik shakllarining har qanday ko’rinishida insoniyatning ma’naviy va moddiy taraqqiyotiga bolta urib kelayotgan o’ta ijtimoiy illat sifatida juda katta to’siq bo’lib kelmoqda. O’rni kelganda ta’kidlash kerakki, bugungi kunda ham insoniyatni tashvishga solayotgan eng global muammolardan biri – korrupsiya balosidir.
Korrupsiya – lotincha so’z bo’lib, “pora berib sotib olish” ma’nosini anglatadi. Mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi, deydi Viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti S. Ko’chkinov


Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev juda ko’plab ma’ruza va chiqishlarida loqaydlik, beparvolik, poraxo’rlik, korrupsiya, soxtakorlik, mansab vakolatni suiste’mol qilishga qarshi kurash butun jamiyatning maqsadiga aylanishi kerakligi to’g’risida gapiradilar va huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilariga asosiy vazifa sifatida qo’yadi. Jamiyat taraqqiyoti kushandasi bo’lgan ushbu illatga qarshi kurashish yo’lida ayovsiz kurash olib borilayotgani o’zining samarasini ham bermoqda ekanligi to’g’risida gapirib o’tdilar
Tadbirda boshqarma, tumanlar va shahar statistika bo’lim boshliqlari va xodimlari ishtirok etib, o’zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech