26/11/2021

2021- yilning 24- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari Koordinatori va Xalqaro ochiq ma’lumotlar xartiyasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi ochiq ma'lumotlar” mavzusida onlayn-seminar tashkil etildi.

Seminar mamlakatimizda davlat organlarining ochiqligini oshirish va korrupsiyaning oldini olish maqsadida ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlandi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari Koordinatori vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi. 

Seminar yakunida tomonlar barcha dolzarb masalalari bo'yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi. Ushbu tadbir mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan “Open data Week” ochiq ma’lumotlar haftaligi doirasida tashkil etildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech