24/11/2021

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi bergan ma'lumotlariga ko'ra, viloyatda 2021- yilning 10 oyida ko’rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8331,8 mlrd. so’mga teng. Uning nominal hajmi 1834,6 mlrd. so’mga oshgan.

O’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,8 foizni tashkil etmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha yanvar-oktabr oylarida ko’rsatilgan bozor xizmatlari tarkibi quyidagicha:

Savdo xizmatlari – 3 044,8 mlrd. so’m
Moliyaviy xizmatlari – 1 682,6 mlrd. so’m
Transport xizmatlari – 1353,6 mlrd. so’m
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 384,2 mlrd. so’m
Ta’lim xizmatlari – 318,4 mlrd. so’m

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech