18/10/2021

Joriy yilda 72 ming gektardan ortiq maydonda "Buxoro-102", "Namangan-77", "Besh qahramon", "Sulton", "Buxoro-10", "Porloq-1" erta pishar, "Buxoro-8" va "Surxon-16", "Surxon-103" ingichka tolali o‘rta pishar g‘o‘za navlarini parvarishlab,mo‘l hosil to‘pladi."SP-1607", "ST-1651" ingichka tolali istiqbolli navlar hamda 19 ta, shu jumladan, 5 ta ingichka tolali g‘o‘zaning yangi navlari yetishtirildi.

Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar, xususan klaster usulining knng joriy etilgani yutuqlar omili bo‘ldi. Viloyatda tashkil etilgan o‘nta paxtachilik-to‘qimachilik klasteri mavjud maydonlardagi nihollarni mehr bilan parvarishlab, mo‘l hosil to‘pladi.Yig‘im-terim ham uyushqoqlik bilan boshlandi.

Hosilni tez,sifatli yig‘ib olish uchun 164 mingdan ziyod terimchini birlashtirgan 2 ming 344 ta terim otryadi tashkil etildi. Xom ashyoni qabul punktlariga o‘z vaqtida tashib,yetkazish uchun 1 ming 22 ta traktor va 2 ming 28 ta tirkama safarbar etildi. Natijada qisqa vaqtda 246 ming 350 tonnadan ortiq xom ashyo terib-yig‘ib olinib, qabul punktlariga topshirildi.

Viloyatda yig‘im-terim davom etmoqda.

uza.uz

Tugmani bosing Tinglash GSpeech