14/07/2021

Joriy yilning 8- iyul kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Sherobod tuman statistika bo’limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash xodimlari ishtirokida seminar yig‘ilish o‘tkazildi. Qarorda belgilangan chora-tadbirlar asosida “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech