09/07/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda jami 37,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur'ati 100,9 % ni tashkil etdi.

 

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1503,9  mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,0 % ga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 35764,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 96,0 % ga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 8611,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 22420,8 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech