Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida viloyat iqtisodiyotida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni barqaror o‘sishda davom etdi.
2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 26 898 tani tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,0 foizga oshdi.




