2024-yil yanvar-sentabr oylarida viloyatda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 4 158 tani tashkil etdi.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda.
Jumladan:
Jarqo‘rg‘on (229 taga),
Termiz tumanlarida (184 taga),
Termiz shahrida (181 taga) o‘sish mavjud.
Tarmoqlar kesimida esa eng yuqori ko‘rsatkichni:
sanoat – 560 taga,
savdo – 331 taga,
qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi sohasida – 269 taga ko‘paygani bilan izohlash mumkin.