Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari

Tarjimai hol

Xazratqulov Gulmuxammad Xolmuminovich 1974-yilda Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 1996-yil Samarqand Qishloq xo‘jaligi instituti, 2006-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan.

2024-yil 10-yanvardan boshlab Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Mehnat faoliyati:

1991-1996 – yillarda Samarqand Qishloq xo‘jaligi instituti talabasi

1996-2001 – Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani statistika bo‘limi 1-toifali mutaxassisi

2001-2003 – yillarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani statistika bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

2004-2008 – yillarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani statistika bo‘limi boshlig‘i

2008-2010 – yillarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

2010-2013 – yillarda Agrosanoat majmuyi xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati Kеngashi bosh hisobchisi

2013-2015 – yillarda Surxondaryo chorva ozuqalari bosh birlashmasi birja savdolarida tuman birlashmalarining savdoga qatnashishlari va ozuqaga bo‘lgan talabni hisob-kitob qilish bo‘limi boshlig‘i

2015-2017 – yillarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on Agrotеxsеrvis mashina traktor parki mas’uliyati chеklangan jamiyati yurist maslaxatchisi

2017-2017 – yillarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi Moliyalashtirish va buxgaltеriya hisobini tashkil etish bo‘yicha bosh mutaxassisi

2017-2018 – yillarda Surxondaryo viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik subyеktlari va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi

2018-2019 – yillarda Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi qishloq xo‘jaligida infratuzilmani rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

2019-2020 – yillarda Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va infratuzilmani rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi

2020-2020 – yillarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

2020-2020 – yillarda Surxondaryo viloyati hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri

2020-2021 – yillarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari v.b.

2021-2021 – yillarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

 2022-2024 – yillarda Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tumani Beshbuloq MFY hokim yordamchisi

2024- yil – h.v. Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.