Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i

Tarjimai hol

1980-yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Oliy ma’lumotli, 2006-yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2023-yil 29-dekabrdan Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga vazifa bajaruvchisi etib tayinlangan.

Mehnat faoliyati:

1998-2005-yillarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani B. Qodirov jamoa xo‘jaligi ishchisi bo‘lib ishlagan.

2005-2006-yillarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani  Choriyev Ilhom fermer xo‘jaligi boshlig‘i;

2006-2008-yillarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani  statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi;

2008-2009-yillarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimligi ish yuritish bo‘limi kotibi;

2009-2010-yillarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Iqtisodiyot bo‘limi bosh mutaxassisi;

2010-2010-yillarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Sherobod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari;

2010-2011-yillarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Sherobod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi;

2011-2022-yillarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi Sherobod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i;

2022-2023-yillarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari;

2023-yil 29-dekabrdan Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Oilali, uch nafar farzandi bor.