Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Вилоят ҳокими имтиёз асосида талабаликка қабул қилинган қизларни табриклади

 
Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlarning yuqori taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish maqsadida toʼrt foizlik davlat granti asosida oʼqishga qabul qilingan qizlarni tabriklab, sertifikat va esdalik sovgʼalarni topshirdi.

Tadbirda soʼnggi yillarda xotin-qizlarning jamiyatdagi roli va mavqeini oshirish, ularning har taraflama baxtli va hayotdan rozi boʼlib yashashini taʼminlashga qaratilayotgan yuksak eʼtibor oʼz samaralarini berayotgani taʼkidlandi. Gender tengligini taʼminlash yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Аyni paytda viloyat aholisining 1 million 300 mingdan ortigʼini ayollar tashkil etadi. Ularning 2 ming 652 nafari turli sohalarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda. Oʼtgan saylovda vohadan ikki ayol Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 1 nafari Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylangan. Xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlarining 17, tuman va shahar kengashlari deputatlarining 90 nafari xotin-qizlardir.

–Davlatimiz rahbari gʼoyasi bilan joriy yilda xotin-qizlarning oliy taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish uchun alohida 4 foizlik davlat granti asosida kvota ajratilgani ham ana shunday eʼtibor va gʼamxoʼrlikning yana bir ifodasi boʼldi,– dedi viloyat hokimi.– Аlbatta, bu imtiyoz davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan qizlarimiz zimmasiga masʼuliyatli vazifalarni yuklaydi. Bu ham mamlakatimizda jamiyatimiz gultojlari boʼlgan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga alohida eʼtibor berilayotganiga yaqqol dalildir.

Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash boʼlimlari viloyatda istiqomat qilayotgan 1 ming 681 xotin-qizga oliy taʼlim muassasalariga qoʼshimcha davlat granti asosidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berdi. Test sinovlari natijasiga koʼra, ularning 71 nafari davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildi.

Tadbirda ajratilgan imtiyoz bilan davlat granti asosida talabalikka qabul qilinganlar nomidan soʼzga chiqqan qizlar koʼrsatilgan bunday gʼamxoʼrlik uchun davlatimizga chuqur minnatdorlik bildirib, yuksak ishonchni oqlashga, kelgusida Yangi Oʼzbekistonning eng faol bunyodkorlari sifatida xotin-qizlar huquq va manfaatlarini taʼminlab, ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarga yaqin koʼmakchi boʼlishga soʼz berdi.
photo_2020-10-14_16-18-20.jpg
 
photo_2020-10-14_16-18-25.jpg
Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash