Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya Moskvaga tashrifi chogʼida mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botir Аsadov bilan uchrashdi.

T.Bobolov hamda B.Аsadov oʼrtasida tor doirada boʼlib oʼtgan muloqot chogʼida Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Novosibirsk viloyati va Moskva shahriga ishchi tashrifi hududlararo hamkorlikka oid masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat va ikki tomon uchun manfaatli boʼlganligi taʼkidlandi.

Suhbat chogʼida Surxondaryo viloyati hamda Rossiya hududlari oʼrtasidagi turli yoʼnalishlar boʼyicha hamkorlikning hozirgi ahvoli va istiqbollari haqida fikr almashildi.

 

Maʼlumot uchun: Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʼrnatgan. Toshkentda 45 ta chet el elchixonalari, 8 ta faxriy konsullar, 19 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 18 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonasi faoliyat koʼrsatmoqda.

Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda Oʼzbekiston Respublikasining 55 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud.

Xususan, Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida Oʼzbekiston elchixonasi, Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon va Rostov-Donda esa konsullik muassasalari faoliyat yuritmoqda. Rossiyada xalq va vatandoshlar bilan muloqotni rivojlantirish, u yerdagi oʼzbekistonliklarning manfaatlarini himoya qilish, doʼstona aloqalarni faollashtirishda ushbu muassasalarning oʼrni beqiyos.

       

 

 

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash