Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Termiz shahar hokimligida Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov, manfaatdor tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari ishtirokida shahardagi obodonlashtirish va tozalik ishlariga bagʼishlangan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

– Bugun viloyatimiz markazi yurtimizning eng goʼzal, obod va tinch shahriga aylanib bormoqda. Bu yerga turli davlatlardan kelayotgan sayyohlar oqimi ham kundan-kunga koʼpaymoqda. Biroq bu oʼz-oʼzidan boʼlmaydi. Buning uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, astoydil harakat qilmogʼimiz zarur. Toki kelayotgan xorijiy mehmonlar shahrimiz jamolini koʼrib, havas qilishsin, yaxshi taassurotlar olishsin, – dedi viloyat hokimi.

Uchrashuvda Termiz shahri va Termiz tumanining ayrim markaziy koʼchalarida, baʼzi mahallalarida ozodalik, saranjom-sarishtalik koʼzga tashlanmayotganligi, bu esa mahalla va manfaatdor tashkilotlarning oʼzaro hamkorlik ishlari yaxshi yoʼlga qoʼyilmaganligidan dalolat berishi, joylarda obodonlashtirish tadbirlariga aholini keng jalb etish, ularning uy va hovlilar atrofini tozalash va atrof-muhitga boʼlgan shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʼyicha targʼibot ishlarini olib borish maqsadga muvofiqligi aytildi.

Har bir koʼcha va yoʼlaklar, turar joylar, koʼp qavatli uylar atroflari, bozorlar va istirohat bogʼlarining tozaligi va ozodaligini saqlash, mahallalarda gul koʼchatlari, daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash, butash ishlarini amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʼrsatmalar berildi.

– Koʼchamiz, mahallamiz, shahrimiz va tumanimizning ozodaligi uchun barchamiz birdek masʼulmiz. Farzandlarimiz bizdan andoza oladi. Saramjon-sarishta, fayzli joyda yashash insonga zavq bagʼishlaydi, ishimizda unum va baraka boʼladi, – deyildi uchrashuvda.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash