Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov 40 ga yaqin bloger hamda tuman hokimlarining jamoatchilik bilan aloqa oʼrnatishda faollik koʼrsatayotgan axborot xizmati rahbarlarini zamonaviy noutbuk bilan taqdirladi.

Yangi yil bayramiga ajoyib sovgʼa boʼlgan kompyuterlarni viloyat hokimining birinchi oʼrinbosari R.Pardaev oʼz egalariga tantanali topshirdi.

 

– Soʼz – qudratli kuch, – deydi faol bloger, Termiz davlat universiteti 4 bosqich talabasi Inobat Karimova. – Shu bois ham keng jamoatchilikka aytayotgan har bir soʼzimizning magʼzini chaqishimiz kerak. Keyingi yillarda biz, yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda oʼz fikrimizni erkin, baralla yetkazishimiz uchun keng imkoniyat yaratildi. Joylardagi yutuq va muammolarni ochib berayapmiz. Bu jarayonda toʼgʼri soʼzni aytishimiz, voqea va hodisalarni xaspoʼshlab koʼrsatmasligimiz kerak. Bir necha yildan buyon mustaqil blogerman. Shu paytgacha oʼz soʼzimni jamoatchilikka yetkazishda qoʼl telefonimdan foydalanayotgan edim. Bu kompyuter mening imkoniyatlarimni yanada kengaytiradi.
 

– Dunyoda internet rivojlanib, ijtimoiy tarmoqlarda fikrlar xilma-xilligi shiddatli tus olgan hozirgi paytda yuz berayotgan yangilik va voqealarni tezkor jamoatchilikka yetkazish, odamlarda toʼgʼri munosabat uygʼotish zimmamizga katta masʼuliyat yuklaydi, – deydi Qumqoʼrgʼon tumani hokimining axborot xizmati rahbari Nigora Jumaeva. – Mazkur noutbuk bizning bu boradagi ishimizni yanada yengillashtirib, keng jamoatchilikni tumanimizda yuz berayotgan oʼzgarishlar, sodir boʼlayotgan voqea-hodisalardan tezkor xabardor qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.


 

Tadbirda soʼzga chiqqan blogerlar soʼz erkinligi taʼminlanayotgan, joylarda adolatli jamoatchilik nazorati oʼrnatilayotgan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar Vatanimiz tinchligi, yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilayotganini alohida qayd etib, bu jarayonning faol targʼibotchisi boʼlish yoʼlida yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat uchun minnatdorlik bildirdi.

 

 

 

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash