Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
 Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov Boysun tumanining “Tangimush”, “Munchoq” mahallalarida bo'lib, shu erlik aholi bilan uchrashdi. 

Aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularga maqbul echim topish maqsadida o'tkazilgan ushbu uchrashuvda 191 nafar fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr, mulohaza va murojaatlar asosida mavjud muammolar o'rtaga tashlandi.

Xususan, elektr energiya, ichimlik suvi va tabiiy gaz ta'minoti, uy-joylarni ta'mirlash, uy-joy qurish uchun er maydoni ajratish, ijtimoiy hamda obodonlashtirish sohalaridagi muammolar ko'rib chiqildi.
Muloqot chog'ida ko'tarilgan aksariyat masalalarga shu erning o'zida echim topildi. Ma'lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo'yicha esa viloyat hokimining qat'iy nazorati ostida tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
 
Misol o'rnida, “Tangimush” mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi barcha ichki yo'llarni toshlash, mahalla hududida 2 ta yangi maktabgacha ta'lim muassasasini qurish, ichki zovurlarni tozalash, 34-umumta'lim maktabini mukammal tar'mirlash bo'yicha 2020 yil Investitsiya dasturiga kiritish yuzasidan zarur chora –tadbirlar belgilandi. Bundan tashqari, “Munchoq” mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi ko'priklarni ta'mirlash va 3 km. ichki yo'llarda qora qoplama asfalt yotqizish, ushbu hududda 150 o'ringa mo'ljallangan maktabgacha ta'lim muassasasini qurish hamda tibbiy tayanch punktini mukammal ta'mirlab, tibbiy jihozlar bilan ta'minlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.

 

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash