Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Surxandaryo viloyatidagi taʼlim muassasalarida yangi – 2019/2020 oʼquv yili “Jonajon Oʼzbekistonim, mangu boʼl omon!” shiori ostida mustaqillik bayrami va “Bilimlar kuni” tadbirlari bilan boshlandi.

Аngor tumanidagi 18- umumtaьlim maktabida boʼlib oʼtgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov ishtirok etib, bilimga chanqoq oʼquvchilar, ustozlar, mahalla faollari va ota-onalarni mustaqilligimizning 28 yillik bayrami hamda yangi oʼquv yilining boshlanishi bilan qizgʼin qutladi.

Keyingi yillarda taʼlim-tarbiyadagi islohotlar oʼqitishni sifat va mazmun jihatdan yanada yaxshilash, bolalarga puxta va mukammal bilim berish, ularni milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarga qaratilganini alohida taʼkidladi.

Joriy yilning 23 avgust kuni davlatimiz rahbari raisligida boʼlib oʼtgan xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʼishlangan videoselektor yigʼilishining mazmun-mohiyati xususida soʼz yuritdi.

Surxondaryo viloyatidagi 911 ta umumtaʼlim maktabida 497 ming 935 nafar oʼquvchiga 39 ming 651 nafar pedagog taʼlim-tarbiya bermoqda. Imkoniyati cheklangan 1419 ming nafar bola oʼz uyida yakka tartibda taʼlim oladi. Joriy yilning 4 sentyabrь kuni 52 ming 932 nafar oʼgʼil-qiz ilk bor maktab ostonasiga qadam qoʼydi. Аnʼanaga koʼra, ularga yangi oʼquv yili munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovgʼalari – oʼquv-qurollari topshirildi.

18-umumta'lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda 1-sinfga qabul qilingan 103 nafar o‘quvchining har biriga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘asi tantanali topshirildi. Mustaqilligimizni, jonajon O‘zbekistonimizni, yoshlarga ko‘rsatilayotgan e'tiborni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Shundan so‘ng, birinchi qo‘ng‘iroq chalinib, mustaqillik darslari boshlandi.

 

Maktabning 9-sinfida boshlangan ilk darsda viloyat hokimi T.Bobolov kelajak sari intilayotgan bu yoshlarga Vatanni sevish, uning tinchligini asrab-avaylash, taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida o‘quvchilar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligini alohida ta'kidladi. 

Viloyatda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ulug‘vor ishlar, erishilgan yutuq va marralar haqida hayotiy misollar vositasida so‘zlab berildi.

O‘quvchilar nafaqat qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘ldi, balki viloyat hokimiga o‘z savollari bilan murojaat etishdi.

 

 

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash