Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Afg‘oniston Islom Respublikasining Mozori-Sharif shahrida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi ish boshladi.

Mazkur ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston – Afg‘oniston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad - ikki mamlakatning savdo iqtisodiy munosabatlari hamda eksport salohiyatini rivojlantirishdir.

Avtomobilsozlik, farmatsevtika, transport va logistika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarining savdosini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Termiz shahrida tashkil etiladigan “O‘zbekiston – Afg‘oniston” chegaraoldi savdo hududi bo‘yicha tayyorlangan videolavha ham namoyish etildi.

Ko‘rgazmaning 10 dan ziyod bo‘limida milliy mahsulotlarimiz namoyish etilmoqda. Kimyo va qazilma xomashyolarni qazib olish, neft-gaz, elektr texnika, iqtisodiyotning agrar sektori va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari, to‘qimachilik sanoati, charm-poyabzal, farmatsevtika, xalq-amaliy san’ati, tibbiyot va ta’lim, transport xizmatlari bo‘limlari shular jumlasidan.

 

Avtomobilsozlik va mashinasozlik tarmog‘i bo‘limida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan “Ravon“, Spark, Neksiya, Kobalt, Damas engil avtomashinalari, “SamAvto” qo‘shma korxonasining 30 va 40 o‘ringa mo‘ljallangan avtobuslari, paxta tozalash uskunalari, traktorlar, universal chopiq uskunalari, paxta terish kombaynlari, turli rusumdagi traktorlar namoyish etilmoqda.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini namoyish etish barobarida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash