Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Sayt test rejimida ishlamoqda

Bugun Termiz shahrida Afg‘oniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Bosh konsulligi ish boshladi. Shu munosabat bilan dastlab Surxondaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi Bahodir Po‘latov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nosir Ahmad Andesha boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sayyid Shahobiddin Temuriy, O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi bosh konsuli Mirodil Abdurazzoqov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalarda izchil aloqalar o‘rnatilganligi, Termizda Afg‘oniston bosh konsulxonasining ish boshlashi bu hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lishini ta’kidlashdi.
Shundan so‘ng shahar markazida joylashgan konsullik idorasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Afg‘oniston bosh kunsuli etib Sangin Skandariy tayinlanganini ma’lum qilindi. Mehmonlar konsullik binosida afg‘onistonlik diplomatlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Konsulxona endilikda mamlakatimizga vaqtinchalik o‘qish, ishlash va sayyohlik maqsadlarida tashrif buyuruvchi afg‘onistonliklarga kirish vizalari, shuningdek, fuqarolik masalalariga tegishli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi konsullik-huquqiy yordamini ko‘rsatish va konsullik vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Tugmani bosing Tinglash