Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Joriy yilning 10-11 aprelь kunlari Termiz shahrida oʼtkaziladigan kurash boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Аl Hakim at-Termiziy xotirasiga bagʼishlangan XIV xalqaro turnirga qizgʼin tayyorgarlik koʼrilmoqda.

Termiz tumanidagi “Yangier” mahallasida 75 oʼringa moʼljallangan “Samir Sulton bolajon” davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʼz faoliyatini boshladi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Toʼra Bobolov Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko boshchiligidagi ukrainalik qator sanoat korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Surxondaryo viloyati azaldan anor yetishtirishda boy tajriba to‘plagan. Bundan ko‘p yillar ilgari Dashnobod anorlarini mamlakatimizning barcha hududlarida yaxshi bilishgan. Biroq, vohaning asosiy maydonlarida paxta, g‘alla va boshqa donli ziroatlar, ozuqabop ekinlar yetishtirilgani sababli anor asosan aholi tomorqalarida parvarishlangan. Lo‘nda qilib aytganda, boldek shirin bu mevani yirik maydonlarda yetishtirish e’tibordan chetda qolgan.

Shoʼrchi tumanida 120 oʼringa moʼljallangan “Golden kids” nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi oʼz faoliyatini boshladi. Ikki qavatli ushbu muassasada bolajonlarning sifatli boshlangʼich bilim olishlari, har tomonlama sogʼlom oʼsib-ulgʼayishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Oʼyin maydonchalari, oshxona, musiqa va sport zallari zamonaviy jihozlangan.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash