Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Pandemiya davrida yurtimizda sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari hamda hukumatimiz tomonidan qator vazifa va topshiriqlar berilib, sportni aholi orasiga ommalashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Ta'kidlash lozimki, Prezidetimizning topshirig‘iga asosan, "Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur qaror loyihasi asosida respublikamizdagi barcha vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarda ishchi xodimlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom ovqatlanish turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi ham hukumatimiz tomonidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha turli tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

Joriy yilning 20- oktabr kuni o‘tkazilgan tadbir ham xodimlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirishga bag‘ishlandi.

Davlat statistika qo‘mitasidagi Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi tomonidan tashkil qilingan tadbirda qo‘mita xodimlari o‘rtasida sportni targ‘ib qilishga mas'ul xodimlar – Aziza Muhamedova hamda Sarvar Inoyatov ish jarayonida qanday qilib jismoniy holatni yaxshilash masalasida taqdimot o‘tkazdi.

Xodimlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha aniq reja asosida muntazam ravishda tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.

 

Axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash