Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

 2020- yilning 7- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar statistikasini takomillashtirish masalasida vebinar o‘tkazildi.Tadbirda Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Vebinarda 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohazalar almashildi.

Vebinar sohaga oid savol-javoblar tarzida o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalarining xodimlari savollarga javob berish jarayonida yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi, o‘sish sur’ati va deflyatorini hisoblash bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, milliy hisoblarning asosiy tushunchalari va qoidalari va ularni milliy statistika amaliyotiga joriy etish suhbatning asosini tashkil etdi.

Vebinar so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

 

Axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash