Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

  Joriy yil 4- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” doirasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati va markaziy apparat xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari Xolmurodov Dilshod Ibragimovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Milliy statistika tizimini takomillashtirish, davlat statistika organlarining mustaqilligini ta'minlash, statistika ma'lumotlarining xolisligi va ishonchliligini oshirish hamda 2022- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik haqida batafsil ma'lumot berildi.

Ta'kidlanganidek, Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog‘liq o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan, rasmiy statistika hisobotlari va kuzatuvlarini o‘tkazish hamda ularni nashr qilish va e'lon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, matbuot anjumanida Jahon banki ko‘magida ishlab chiqilgan 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi bo‘yicha atroflicha ma'lumot berildi.

Ta'kidlash joizki, mazkur strategiya 2019- yilda Jahon bankining texnik ko‘magida ishlab chiqilgan bo‘lib, Jahon banki ekspertlari tomonidan mamlakatda joriy holatni baholash, kelgusida rivojlanish yo‘nalishlari va kamchiliklarini aniqlash uchun SWOT tahlillari o‘tkazildi. Strategiyani ishlab chiqishda milliy va xalqaro ekspertlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, Xalqaro valyuta fondi vakillari faol ishtirok etdi. Strategiyani amalga oshirish uchun Jahon Banki tomonidan 50 mln. AQSh dollari ajratilgan.

2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, unda tizimni takomillashtirish bo‘yicha 86 yo‘nalishda 150 dan ortiq tadbir amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu tadbirlar milliy hisoblar tizimini takomillashtirish, makroiqtisodiy va ijtimoiy statistika, yashirin iqtisodiyotni to‘laqonli hisobga olish, aholini ro‘yxatga olish va boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini ikkita asosiy maqsadi mavjud. Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimining joriy holatini baholab beradi. Ikkinchidan esa, tegishli rejasi va byudjeti bilan mamlakat milliy statistika tizimini kelgusi besh yillikda rivojlanish strategiyasi bo‘lib xizmat qiladi. 

Anjumanda aytilganidek, ayni paytda O‘zbekiston, Jahon Banki tomonidan e'lon qilinadigan “Statistik salohiyat indeksi”da  64,4 ball bilan 84-o‘rinni egallab turibdi. Yuqorida qayd etilgan tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida, mamlakatimiz 2025 yilga kelib, 94 ball bilan “Statistik salohiyat indeksi”ning top 10 mamlakat qatoriga kirish imkoniga ega bo‘ladi.

Matbuot anjumani so‘nggida mavzu yuzasidan jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga Davlat statistikasi qo‘mitasi rahbariyati tomonidan batafsil javob berildi.

 

 

Axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash