Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingan karantin cheklovlari ko‘plab oilalarni daromad manbaidan mahrum bo‘lishiga va buning natijasida moddiy ahvolining og‘irlashishiga sabab bo‘ldi.

Mana shunday sinovli kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi ham xayrli va savobli ishlarda tashabbus ko‘rsatib, yordamga muhtoj oilalarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, joriy yilning 23- iyul kuni qo‘mita xodimlari tomonidan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylariga oziq-ovqat va ro‘zg‘or uchun kerakli bo‘lgan  mahsulotlar olib borib berildi.

Keksalar qo‘mita tomonidan bayram va boshqa paytlarda mehnat faxriylari va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatayotgan moddiy-ma'naviy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.

Axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash