Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
 

TAYINLOV: Qiyomxon Ahmedov Davlat statistika qoʻmitasi raisiga maslahatchi etib tayinlandi

 
Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.
 
Qiyomxon Ahmedov 1982-yil 27-oktyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan.
 
2001-2005-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan. 2005-2008-yillarda Kitob tumanidagi 26-oʻrta taʼlim maktabida ona tili va adabiyot oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.
 
2008-2012-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Oliy jurnalistika kurslari magistraturasida tahsil olgan. Tahsil davomida televideniye, radio va matbuotda amaliyot oʻtagan.
 
2012-2016-yillarda Toshkent Temir yul muhandislik institutining Tahririy nashriyot va poligrafiya boʻlimida muharrir lavozimida ishlagan.
 
Oilali, ikki nafar farzandi bor.
 
 
 
Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash