Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Shu yilning 13-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida bo'lib o'tgan yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Elchixonaning ikkinchi kotibi janob P.K.Agraval so‘z yuritdi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning hozirgi holati yuzasidan fikr almashdi, o'zaro savdo va xizmat ko'rsatish hajmlarini muhokama qildi.

Davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Davlat statistika qo'mitasi bilan axborot almashish to'g'risida kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuvdan so'ng janob Agraval Davlat statistika qo'mitasi rahbariyatiga uchrashuvni tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv samimiy va do'stona ruhda o'tdi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash