Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

2019-yilning 20-avgust kuni Milliy matbuot markazida “Ochiq ma`lumotlar portalini rivojlantirish, mamlakatning investitsiya ko`rsatkichlari tahlili” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi.

Tadbirda Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparati, Toshkent shahri va Toshkent viloyat statistika boshqarmalari vakillari, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi o`qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga asosan, Davlat statistika qo`mitasi davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portali (data.gov.uz)da o`z vaqtida aks ettirilishi bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas`ul etib belgilandi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, mazkur qarorning 4-ilovasiga asosan, alohida tarkibiy indikatorlar bo`yicha Statistika salohiyati indeksida mamlakatning o`rnini yaxshilashga oid «Yo`l xaritasi» tasdiqlandi.

Shu bilan birga, Davlat statistika qo`mitasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

- O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalida joylashtirishning aniq muddatlari va shakllarini belgilagan holda ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatini tasdiqlash;

- Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ochiq ma`lumotlarning joylashtirilishi va muntazam yangilab turilishi ustidan doimiy monitoring qilinishini ta`minlash;

- Xalqaro ma`lumotlar bazalarini qo`shimcha ravishda o`rganib chiqish va axborotning yangi parametrlarini ishlab chiqish choralarini ko`rib, keyinchalik ularni ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatiga kiritish;

- O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasining 2020-yildan boshlab «Ochiq ma`lumotlar global indeksi» va «Ochiq ma`lumotlar barometri» xalqaro reytinglarida ishtirokini ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash kabi masalalar shular jumlasidandir.

Mazkur qarordan kelib chiqib, Ochiq ma`lumotlar puxtaligi modeli («Open Data Maturity Model») hamda boshqa xalqaro amaliyotlar asosida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar sohasidagi faoliyatini baholash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish hamda natijalarni har chorakda O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`luotlar portalida e`lon qilib borish vazifasi belgilangan.

Ochiq ma`lumotlar to`plamining umumlashtirilgan ro`yxati 3 tilda ya`ni, o`zbek, rus va ingiliz tillarida portalda joylashtirish muddatlari va shakllarini belgilangan holda ishlab chiqildi va 2019-yil 31-may sanasida tasdiqlandi, 2016-yilda tasdiqlangan ro`yxatdagi ma`lumotlar to`plami 232 tani tashkil qilgan bo`lsa xalqaro tajribalar va ma`lumotlar bazasini o`rganish natijasida ishlab chiqilgan yangi ro`yxatdagi ma`lumotlar to`plamlari 1473 taga yetkazildi.

Olib brilayotgan keng ko`lamli investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan islohotlar natijasida joriy davrda asosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi 85,8 trln. so`mni tashkil etgan holda  o`tgan yilning mos davriga nisbatan keskin o`sish, ya`ni 58,9 % ga o`sish kuzatildi.

Joriy davrda markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi o`tgan yilning mos davrigagi ulushiga qaraganda 11,6 % punktga ko`payib, 31, % ni  yoki 26841,3 mlrd. so`mni tashkil etdi.

2019-yilning 6 oyi mobaynida o`zlashtirilgan to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar hajmi jadal o`sib, 14389,7 mlrd. so`mni tashkil etdi. Bu 2018-yilning mos davridagi jami asosiy kapitaldagi ulushga nisbatan 5,1 % punktga ko`payib, 16,8 % ni tashkil etdi.

Matbuot anjumani yakunida davlat statistika organlarida amalga oshirilayotgan ishlardan ko`zlangan asosiy maqsad, O`zbekiston Respublikasida bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar va islohotlar to`g`risidagi ochiq va haqqoniy ma`lumotlarni xalqaro tashkilotlarning ma`lumotlar bazalarida hamda yetakchi xalqaro reytinglarda aks ettirilishini ta`minlash ekanligi alohida e`tirof etildi.

Matbuot anjumanida Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash