Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

2019 yilning 24-28 iyun kunlari Gruziyaning Tibilisi shahrida “Yuqori davriylikdagi faol iqtisodiy ko’rsatkichlar” mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Ushbu seminar Xalqaro valyuta fondi tomonidan tashkillashtirildi. Unda Sudan, Misr, Tunis, Iordaniya, Gruziya, Armaniston, Qirg'iziston, Tojikiston  va O'zbekiston davlatlari statistika idoralarining  mutaxassisilari  hamda moliya-bank sohasi vakillari ishtirok etdi.

Seminarda  Davlat statistika qo`mitasi Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Yevropa statistiklari konferensiyasida ishtiroki, hamda “Sanoatda energiya samaradorligi va uzoq muddatli energiyani rejalashtirish”, “Yuqori davriylikdagi faol iqtisodiy ko’rsatkichlar”, “CSPro Android - ma'lumotlarni mobil qurilmalari yordamida yig’ish” mavzulariga  alohida to’xtab o’tildi.

Seminar davomida rivojlangan mamlakatlarning statistik ma’lumotlarni olishda zamonaviy texnologiyalardan va maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish hamda uzoq muddatli energiyani rejalashtirish va uni baholash borasidagi tajribasini yurtimiz statistika idoralariga jalb qilish masalalari seminar ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash