Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida xalqaro taqqoslash dasturi (XTD) MDH 2017-yil uchun YaIM dezagregatsiyasi masalalari bo‘yicha MDH davlatlari statistika xizmatlari ekspertlar guruhining yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Xalqaro tadbir Jahon banki ko‘magida MDHning davlatlararo statistika qo‘mitasi va Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi Statistika qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi. Yig‘ilishda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qirgizston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari milliy statistika idoralari hamda MDH statistika qo‘mitasining ekspertlari ishtirok etdi.

Yurtimizdan Davlat statistika qo`mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Mamadjanov hamda Iste`mol va ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig‘i Sh.Daliyev qatnashdi.

Yig‘ilishda xalqaro taqqoslash uchun YaIM dezagregatsiyasi, XTD 2017-yil doirasida narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish, MDHda iste’mol narxlari gormonizatsiyasi va XTDni koordinatsiyasi masalalari muhokama qilindi.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash