Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

2019 yil 29 may kuni O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida “O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portali rivojlanishining istiqbollari” mavzusida “Xalqaro seminar” o`tkazildi. Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi, xalqaro tashkilotlarning vakillari va mutaxassislari, O`zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari xodimlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ta`kidlanganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-son qaroriga asosan, Davlat statistika qo`mitasi, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portali (data.gov.uz)da o`z vaqtida aks ettirilishi bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas`ul etib belgilandi.

Seminarda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (EXHT) O`zbekistondagi loyihalarini Koordinatorini vazifasini bajaruvchi janob Xans-Ullrix Imning EXHT O`zbekistondagi loyihalarini Koordinatorining ochiq ma`lumotlarni boshqarishda O`zbekiston Hukumatini qo`llab-quvvatlash mavzusidagi nutqi tinglandi. Bundan tashqari quyidagi prezentatsiyalar taqdim etildi: “Milliy statistikaning ochiqligini va shaffofligini ta`minlash va mamlakatning statistika salohiyatini oshirish” hamda “O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portali rivojlanishining istiqbollari”.

Shuningdek, davlat statistika organlarida amalga oshirilayotgan ishlardan ko`zlangan asosiy maqsad, O`zbekiston Respublikasida bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar va islohotlar to`g`risidagi ochiq va haqqoniy ma`lumotlarni xalqaro tashkilotlarning ma`lumotlar bazalarida hamda yetakchi xalqaro reytinglarda aks ettirilishini ta`minlash ekanligi alohida e`tirof etildi.

Tadbirda e`tirof etilganidek, davlat statistika organlari olidiga qo`yilgan vazifalarni ijrosini ta`minlash yuzasidan, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan quyidagilar amalga oshirildi:

- mas`ul bo`linma - Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi;

- vazirlik va idoralarning 200 dan ortiq xodimlar va mutaxassislaridan iborat bo`lgan Idoralararo ishchi guruhi tuzildi hamda shu guruhning 4 ta yig`ilishi bo`lib o`tdi;

- O`zbekiston Milliy matbuot markazida “Mamlakatimizning statistika salohiyatini oshirish, statistik ma`lumotlarning ochiqligini ta`minlash” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi;

- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Mamlakatimizning statistika salohiyatini oshirish, statistik ma`lumotlarning ochiqligini ta`minlash” mavzusida “Davra suhbati” o`tkazildi;

- “DataCon Central Asia 2019” ma`lumotlar to`g`risidagi hududiy konferentsiyada ishtirok etildi;

- xalqaro tashkilotlarning 10 ta ma`lumotlar bazalari o`rganib chiqildi: mazkur ma`lumotlar bazalaridagi indikatorlarning umumiy soni 20 mingdan ortiq;

- Singapur, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portallari o`rganib chiqildi;

- iqtisodiyot tarmoqlaridagi ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatning xalqaro ko`rsatkichlarini o`rganish asosida Ochiq ma`lumotlar portalida joylashtiriladigan ochiq ma`lumotlar to`plamlari davlat organlari va tashkilotlarida foydalaniladigan ma`lumotlar bazalari tizimlari bo`yicha axborot bilan to`ldirildi;

- O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portalida joylashtiriladigan ochiq ma`lumotlar to`plamlari Ro`yxati tasdiqlashga tayyorlanmoqda;

 

- Davlat statistika qo`mitasi, O`zbekiston Respublikasi huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi hamda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasining 2020 yildan boshlab «Ochiq ma`lumotlar global indeksi» va «Ochiq ma`lumotlar barometri» xalqaro reytinglarida ishtirokini ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlash uchun tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, 2019 yilga mo`ljallangan quyidagi asosiy maqsadlar to`g`risida gapirib o`tildi:

- O`zbekiston Respublikasining ochiq ma`lumotlarni yanada rivojlantirish bo`yicha Kontseptsiyasi loyihasini tayyorlash va tasdiqlashga kiritish;

- Ochiq ma`lumotlar xalqaro Xartiyasiga O`zbekiston Respublikasining a`zo bo`lishi jarayonini tayyorlash va kelishish;

- «Ochiq ma`lumotlar global indeksi» va «Ochiq ma`lumotlar barometri» xalqaro reytinglarida O`zbekiston Respublikasining o`rnini yaxshilash bo`yicha “Yo`l xaritasi”ni ishlab chiqish.

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash