Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida 1 oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda ko`p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi ustoz-murabbiylari sharafiga bayram tadbiri bo`lib o`tdi.

Unda qo`mita Raisi va markaziy apparat xodimlari hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi ustoz-murabbiylari ishtirok etdi.

Tadbirni qo`mita Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich ochib berib,  1 oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni bayrami bilan yurtimizdagi barcha mehribon, zahmatkash va fidoyi ustozlarni, statistika tizimida ko`p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi ustoz-murabbiylarini  kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir yakunida statistika tizimida ko`p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi ustoz-murabbiylariga esdalik sovg`alari berildi.

Mazkur bayram munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog`lik, ijodiy muvaffaqiyat va ulkan parvozlar tilab, samimiy muborakbod etadi.

Shogirdlar kamolini ko`rish baxti barchangizga nasib etsin! Umringiz uzoq, hayot yo`lingiz quvonchu shodliklarga limmo-lim bo`lsin, aziz ustozlar!

Samimiy va chuqur hurmat ila, 

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

Surxonstat.uz
Welcome to Surxonstat   Click to listen highlighted text! Welcome to Surxonstat Powered By GSpeech
Tugmani bosing Tinglash
Tugmani bosing Tinglash