Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Sayt test rejimida ishlamoqda

2018 yilning 29 oktyabridan 2 noyabriga qadar O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (BMT YeIK) ekspertlar guruhi bilan hamkorlikda “O`zbekiston Respublikasida xalqaro statistik standartlar va ilg`or tajribalarni joriy etish holati bo`yicha Umumiy sharh” o`tkazildi.

“Umumiy sharh”da Davlat statistika sohasida O`zbekiston Respublikasida xalqaro statistik standartlar va ilg`or tajribalarni joriy etish masalalari ko`rib chiqildi.

Mazkur tadbir, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tizimi faoliyatining mavjud darajasini baholash, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash hamda kelgusidagi rejalarni belgilash orqali tizim faoliyatini yanada takomillashtirish imkonini beradi.

 

Axborot xizmati

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida 1 oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda ko`p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi ustoz-murabbiylari sharafiga bayram tadbiri bo`lib o`tdi.

Unda qo`mita Raisi va markaziy apparat xodimlari hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi ustoz-murabbiylari ishtirok etdi.

Tadbirni qo`mita Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich ochib berib,  1 oktyabr – ustoz va murabbiylar kuni bayrami bilan yurtimizdagi barcha mehribon, zahmatkash va fidoyi ustozlarni, statistika tizimida ko`p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi ustoz-murabbiylarini  kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir yakunida statistika tizimida ko`p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi ustoz-murabbiylariga esdalik sovg`alari berildi.

Mazkur bayram munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog`lik, ijodiy muvaffaqiyat va ulkan parvozlar tilab, samimiy muborakbod etadi.

Shogirdlar kamolini ko`rish baxti barchangizga nasib etsin! Umringiz uzoq, hayot yo`lingiz quvonchu shodliklarga limmo-lim bo`lsin, aziz ustozlar!

Samimiy va chuqur hurmat ila, 

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

  Давлат статистика қўмитаси давлат статистика ҳисоботлари шаклларини топшириш муддатлари ўзгартирилганлигини маълум қилди.

 Президентнинг 2017 йил 28 декабрдаги «2018 йилда расмий саналарни нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунларни белгилаш ва дам олиш кунларини  кўчириш тўғрисида»ги фармони муносабати билан давлат статистика ҳисоботлари шаклларини:

 - 1-К (ойлик) «Ташкилот фаолияти тўғрисида ҳисобот», 1-К шаклига илова (саноат) (ойлик) «Ҳудудий алоҳида бўлинмаларга эга бўлган юридик шахсларнинг саноат   маҳсулоти ишлаб чиқариш тўғрисида ҳисобот», 1-К шаклига илова (хизмат) (ойлик) «Ҳудудий алоҳида бўлинмаларга эга бўлган юридик шахслар томонидан   кўрсатилган хизматлар тўғрисида ҳисобот», 1-К шаклига илова (савдо) (ойлик) «Ҳудудий алоҳида бўлинмаларга эга бўлган юридик шахсларнинг улгуржи ва чакана савдо товар айланмаси тўғрисида ҳисобот»ларни – 5 сентябрдан кечиктирмай;

- 2-нарх (ойлик) «Саноат корхонасининг харид қилинган моддий ресурслари ўртача нархлари тўғрисида ҳисобот»ини – 7 сентябрдан кечиктирмай тақдим этишга ўзгартирилди.

Давлат статистика қўмитаси серверлари кеча-ю кундуз ишлаганлиги учун ҳисоботларни муддатидан аввал юбориш мумкин бўлади.

 

 

Ахборот хизмати

Hurmatli hisobot topshiruvchi korxona va tashkilotlarning raxbarlari

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig`ish tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilish ishlari yakunlanganligini xabar qiladi.

2018 y. 13 avgustidan «eStat 3.0» elektron shakldagi statistik hisobotlarni yig`ishning Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushdi.

Nima yangiliklar:

  • yangilangan ko`rinish;
  • dasturni va oldin urnatilgan shakllarni avtomat tarzda yangilanishi;
  • dasturni ishga tushurganda jo`natilgan hisobotlarning holatini avtomatik tarzda tekshirish;
  • dastur interfeysiga hisobotlarni qayta tiklash imkoniyati qo`shildi;
  • hisobotni to`ldirish jarayonidagi kelib chiquvchi xatoliklar oynasi yangilandi;
  • dasturga kirish uchun foydalanuvchi parolini o`rnatish imkoniyati qo`shildi;
  • hisobotni demo rejimda yaratish imkoniyati qo`shilgan (INN sertifikatini so`ramagan holda)
  • o`zbek tili qo`shildi:

 

Siz yangi dasturiy taminotni «Elektron hisobot» bo`limidan yuklab olishingiz mumkin.

Axborot xizmati

Joriy yilning 20 iyul kuni Davlat statistika qo`mitasining 2018 yil 1-yarim yil yakunlariga bag`ishlangan kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda, Davlat statistika tizimi faoliyatining amaldagi qonunchilik hujjatlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining farmon va qarorlarida belgilab berilgan asosiy yo`nalishlari, davlat statistika ishlarini bajarish bo`yicha belgilangan vazifalarning 2018 yil 1-yarim yillikdagi ijrosi natijalariga doir masalalar muhokama qilindi.

Tugmani bosing Tinglash